Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Mavsum-2022 yakunlari: «Navbahor»ning gollariga kimlar mualliflik qilishdi?

Mavsum-2022 yakunlari: «Navbahor»ning gollariga kimlar mualliflik qilishdi?

Baho:
+ | -

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumga oid statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

O‘zingizga ma’lum, “lochinlar” Coca Cola Superliga – 2022da vise-chempionlikni qo‘lga kiritishdi. Ma’lumki, g‘alaba qozonishda gollarning o‘rni beqiyos. Xo‘sh, “Navbahor”ning yakunlangan mavsumdagi gollariga kimlar mualliflik qilishdi?

Xabaringiz bor, Samvel Babayan shogirdlari Coca Cola Superliga – 2022da raqiblar darvozasiga 33 ta gol urishdi. Ushbu gollarga esa 11 nafar futbolchi mualliflik qildi.

Jamoaning to‘purarlar ro‘yxatini 29 yoshli serbiyalik tajribali hujumchi Zoran Marushich  11 ta gol bilan boshqarib turibdi.

Ikkinchi o‘rinda esa 7 ta gol bilan 29 yoshli tajribali yarim himoyachi Jamshid Iskanderov bormoqda. Yakunlangan mavsumda Iskanderov jarima zarbalari va penaltilardan ham raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgandi.   

Kezi kelganida ta’kidlash joizki, yakunlangan mavsumda hujumchilarga yordamga yetib kelgan “lochinlar” himoyachilari ham raqiblar darvozalarini ishg‘ol etishdi.

Jumladan, 26 yoshli markaziy himoyachi Rustamjon Ashurmatov safarda “Qizilqum” (6-tur, 2:1) va “Dinamo” (8-tur, 1:0) jamoalariga qarshi kechgan bahslarda uchrashuvning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda boshi bilan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, mazkur o‘yinlar taqdirini hal qilgan, ya’ni, “Navbahor”ning yutuqlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shgandi. Shuningdek, Igor Golban va serbiyalik Boyan Siger ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishgan.     

Mavsum-2022da “Navbahor”ning gollariga mualliflik qilgan futbolchilarning  to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha ko‘rinishga ega:

1.Zoran Marushich – 11 ta
2.Jamshid Iskanderov – 7 ta
3.Elguja Grigalashvili – 3 ta
4.Azimjon Ahmedov, Rustamjon Ashurmatov,Yovan Jokich va Jasur Yaxshiboyev  – 2 tadan
5.Asadbek Sobirjonov, Igor Golban, Boyan Siger va Doniyor Abdumannopov – 1 tadan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:41, 17.12.2022.
O'qildi: 1160 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик