Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 0-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Qahramon Aslanov maqolasi: «Ertak yaxshilik bilan tugadi»

Qahramon Aslanov maqolasi: «Ertak yaxshilik bilan tugadi»

Baho:
+ | -

Ertaklar ikki xil bo‘ladi. Birida qandaydir kambag‘al yigit ajdarhoni o‘ldirib, malika va yarim podsholikka ega bo‘ladi. Ikkinchisida, bosh qahramon - shahzoda, malikaga yetishishi uchun o‘zini isbotlashi kerak. Gilam to‘qibmi, etik tikibmi, shunchaki, u odamlar orasida ham bo‘la olishini, hammasini unga taqdir in’om etmaganini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

Masalan, Maradona birinchi toifaga tushadi. U doim hammaga qarshi chiqishga majbur bo‘lar, faqat qora xalq uning yaxshi ko‘rardi. Uni doim tepishar, xatosini kutishar, oxirgi ikki mundialini u yig‘lab tark etdi - birida finalda belgilangan bahsli penalti, ikkinchisida maydon tashqarisidagi o‘yinlar tufayli.

Messi - shahzoda. Buni ilgari ham yozuvdim, Barselona qirolligida voyaga yetdi, ulg‘ayganda, taxt unga tayyorlab qo‘yilgan, yo‘llar tozalangan, unga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan Ronaldinyodan tortib, Zlatanlargacha javob berib yuborilgan. Messi albatta, o‘sha ajdarho bilan doim urishib yuradigan kambag‘al yigitdan kam emasdir, ammo buni isbotlashi shartmas, unaqa ehtiyoj yo‘q.

Aslida qirollik klubi «Real» bo‘lsa-da, chinakam qirollik Barselonada. «Bernabeu»da hech kim shunchaki sevilmaydi, u yerda gladiatorlar yangi qahramon chiqquncha tinmay jang qiladilar, o‘zlarini isbotlaydilar. Olomon gollarni, g‘alabani, qonni talab qiladi. «Kamp Nou» esa, baxtli qirollik, sevgi va sadoqat ulug‘lanadi, Messi mana shu taxtning vorisi.

Xullas, shunday bo‘ldiki, ertak qiziqroq chiqishi, malikaga erishishi uchun shahzoda odamlar qatoriga tushishi, sheriklari bilan g‘alaba qozonib, o‘zini isbotlashi kerak bo‘lib qoldi. U avvalgilan yaxshiroq o‘ynayapti, aldayapti, yuguryaptimi? Ha. U avvalgidan yaxshiroq o‘yinchi, aldovchi, yuguruvchi bo‘lib qoldimi? Yo‘q.

Messi talant, tug‘ma iste’dod, o‘zga sayyoralik. Ammo shu safar undan insoniy vazifalar, insoniy tuyg‘ular talab qilindi. Kulgi, g‘azab, orzu, ojizlik, shiddat, qo‘rquv...

Menimcha, birinchi marta shunaqa sinovga duch keldi, endi nafaqat gollar urib paslar berishi, maydonda yetakchilik qilishi, balkim kattaroq, shu paytgacha qilmagan vazifalarni gardaniga yukladi. Jamoani o‘z atrofida jipslashtirishi, ahillikning markazida bo‘lishi kerakki, har bir futbolchi tarixning bir bo‘lagidek his qilsin o‘zini. Hammasi yana ters ketib, finaldagi ustunlik sovurilgan pallada ham, hammaga yetadigan qayta kuch topa bilish. E’tibor bersangiz, har o‘yinning qahramoni boshqa - bir safar Alvares masalani hal qildi, boshqasida Di Mariya, yana birida Enso Fernandes, Emiliano Martines... Emiliano Martines. Emiliano Martines! Skaloni umuman shu turnirda dahoga aylandi. Kimdir yosh, kimdir go‘yoki davri o‘tib bo‘lgan, kimdir shunchaki «Brayton» futbolchisi... Ularni chempionga aylantirsang, ular ham seni chempion qiladi. Messiga aytyapman.

Ertak yaxshilik bilan tugadi. Messi maqsadiga erishdi. Ammo hayot davom etadi, yangi qahramonlar, yangi ertaklar bilan. Barchasi uchun rahmat.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 00:26, 19.12.2022.
O'qildi: 3376 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик