"Flamengo" va Chili terma jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal Argentina terma jamoasining Qatardagi jahon chempionatidagi g‘alabasiga munosabat bildirdi.
"Futbolni ixtiro qilganlardan, janubiy amerikaliklardan o‘rganing", - deb yozgan Vidal ijtimoiy tarmoqda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bilan tushgan suratini joylashtirgan holda. May oyida 23 yoshli fransiyalik futbolchi Janubiy Amerikada futbol Yevropadagidek rivojlangan emasligini aytgandi.
JCH-2022 finalida Argentina terma jamoasi Fransiyani mag‘lub etdi (3:3, penaltilar seriyasida – 4:2).
Argentina terma jamoasi uchinchi marta jahon chempioni bo‘ldi. Avvalroq, argentinaliklar 1978 va 1986 yillarda ushbu turnirda g‘olib chiqishgan.