Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldu Saudiyaga yetib bordi

Ronaldu Saudiyaga yetib bordi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga yetib keldi. Bu haqda Footmercato xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli portugaliyalik hujumchi “An-Nassr” futbol klubi shahri bo‘lgan Ar-Riyodga yetib kelgan, mish-mishlarga ko‘ra, Ronaldu yaqin orada u bilan mavsumiga 200 million yevro maosh bilan 2,5 yillik shartnoma imzolaydi.

Avvalroq, Ronaldu "Manchester Yunayted" shartnomasini bekor qilganidan keyin erkin agentga aylangandi. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda “qizil iblislar” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionatida Ronaldu beshta o‘yinda bitta gol urdi.

Kiritildi: 00:34, 22.12.2022.
O'qildi: 9207 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик