Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Rasman! Abror Ismoilov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi!

Rasman! Abror Ismoilov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi!

Baho:
+ | -

“Navbahor” o‘z tarkibini mahoratli futbolchilar hisobiga to‘ldirishda davom etmoqda. Bugun jamoa safiga mahoratli yarim himoyachi Abror Ismoilov qo‘shildi. “Lochinlar” bosh murabbiyi Samvel Babayanning taklifiga binoan, “Navbahor” tarkibiga qo‘shilgan futbolchi jamoa bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Abror Ismoilov 1998 yil 8 yanvarda Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2016 yili “Neftchi” klubida boshlab, 2018 yil yakuniga qadar farg‘onaliklar safida to‘p tepdi. Mahoratli yarim himoyachi 2019 yili “Surxon” (Termiz), 2020-2021 yillarda esa “Paxtakor” (Toshkent)da o‘ynadi. Abror Ismoilov yakunlangan mavsumni “Neftchi” (Farg‘ona)da o‘tkazib, farg‘onaliklar tarkibida O‘zbekiston Coca Cola Superligasi va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 golga mualliflik qilgan holda, 1 ta golga assistentlik qildi.

Bundan tashqari, mahoratli yarim himoyachi O‘zbekistonning turli terma jamoalarida to‘p tepgan. 2019 yildan buyon milliy termamizda o‘ynamoqda.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:11, 22.12.2022.
O'qildi: 1957 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик