Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
37 yoshli portugaliyalik futbolchi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmayapti: avvaliga "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi, keyin klubni tark etdi va mundialida o‘zini ko‘rsata olmadi. Endi esa Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
"Shaxsan men Ronaldudan so‘nggi 15 yil ichida futbolga bergan narsalari uchun juda minnatdorman. U o‘z o‘yinlari bilan bizning avlodimizni shakllantirishga yordam berdi, uning ta’siri juda katta. Hozir u haqida shunday gaplar yozilayotgani achinarli", - dedi Alaba Realtotal bilan suhbatda.