Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Messiga faqatgina bir klub shartnoma taklif qildi

Messiga faqatgina bir klub shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchi Lionel Messiga shartnoma taklif qilgan yagona klubga aylandi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Manbaga ko‘ra, parijliklar 35 yoshli hujumchiga shartnoma taklif qilgan yagona klub bo‘lgan. Messining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi. Argentinalik futbolchi "PSJ" bilan shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erishgan. Hujjatlar hali imzolanmagan, biroq hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha prinsipial kelishuvga 2022 yilgi jahon chempionati boshlanishidan oldin erishilgan. Messi ta’tildan qaytgach, yaqin haftalarda yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, “Barselona” Leoning qaytish imkoniyatini muhokama qilgan, biroq bu masala kataloniyaliklarga to‘g‘ri kelmadi. Shuningdek, "PSJ"ning jiddiy niyati tufayli boshqa klublarning hujumchiga qiziqishi pasaygani xabar qilingan. Hujumchining o‘zi Fransiya jamoasi va Parijda yaxshi ekanini his qilmoqda.

35 yoshli hujumchi joriy mavsumda "PSJ" safida barcha turnirlar doirasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi jahon chempionatida finalda Fransiyani 3:3, penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag‘lub etdi. U Qatardagi turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Kiritildi: 19:37, 23.12.2022.
O'qildi: 11675 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.