Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

APL. Bu mavsum davomida VAR olti marta "qovun tushirgan"

APL. Bu mavsum davomida VAR olti marta "qovun tushirgan"

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi rahbariyati 2022-23 yilgi mavsum davomida oltita holatda o‘yin natijasiga ta’sir qiladigan xato VAR-qarorlar qabul qilinganini tan oldi. Angliya hakamlar ittifoqi raisligi lavozimida boksing deydan boshlab sobiq hakam Xovard Uebb ishlay boshlaydi. U klublar, murabbiylar, futbolchilar va muxlislarni VAR'ning xatolariga ko‘z yumishga undamoqda. Bundan keyin maydondagi voqealarga VAR tomonidan aralashuv minimal darajada bo‘lishi aytilgan.

Yuqorida aytilgan olti holat ichida "Arsenal" va "MYU" o‘yinidagi Gabriel Martinellining hisobga olinmagan goli ham bor edi. Braziliyalik futbolchining goli "toza" kiritilgan. Ammo vaziyat keyinchalik VAR tomonidan ko‘rib chiqiladi va Pol Tirni golni bekor qiladi. Bunga sabab esa maydon markazida, hujum rivojlanish fazasida Martin Edegorning Kristian Eriksenga qarshi qoida buzgani edi. O‘sha vaziyatda, hatto, qoidan buzilishi ham sodir bo‘lmagan. Ammo gol bekor qilinib, yakunda "Arsenal" 3-1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Yana bir xato "Vest Xem" va "Chelsi" bahsida yuz bergan. Unda "bolg‘achilar"ning hisobni tenglashtiruvchi goli VAR tomonidan bekor qilingan.

Umumiy olganda 16 tur davomida, APLning tasdiqlashicha, 42 ta vaziyatda VAR to‘g‘ri aralashgan. Qolgan 6 tasi esa xatoga sabab bo‘lgan. Shunday xatolardan yana biri "Tottenxem" himoyachisi Kristian Romeroning Kukurelya bilan bo‘lgan vaziyatidir. Unda Romero "Tottenxem"ning golidan oldin Kukurelyani sochidan tortib qolgan. Vaziyatni goldan keyin VAR ko‘rgan. Lekin reaksiya bildirmagan. Shu kabi xato "Tottenxem" va "Liverpul" bahsida Sessenyon va Aleksander-Arnold o‘rtasida ham sodir bo‘lgan.

APL va Angliya futbol tashkiloti FIFAning bir nechta yangi qoida va texnologiyalarini keyingi mavsumdan qo‘llash borasida muzokaralar olib bormoqda. Ulardan biri o‘yinga vaqt qo‘shib berishdagi sermahsullikdir. Ortiqcha va ko‘p vaqt o‘yin natijasiga ta’sir qilishi e’tiborga olingan holda, bu qoida amalda qo‘llanilishi so‘roq ostida. Shuningdek, Qatarda ishlatilgan yarim-avtomat offsayd aniqlash tizimi yuzasidan ham aniq qarorga kelinmagan. Qolaversa, mundialda ishlatilgan to‘p ichidagi chip orqali vaziyatlarni belgilash uslubiga ADIDAS tomonidan lisenziya olingan. APLni esa Nike firmasi to‘plar bilan ta’minlaydi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:22, 24.12.2022.
O'qildi: 2033 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик