Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

"FM23": APLning ehtimoliy yakuni ma’lum qilindi. Unda "MYU" va "Arsenal" uchun yomon xabar bor

"FM23": APLning ehtimoliy yakuni ma’lum qilindi. Unda "MYU" va "Arsenal" uchun yomon xabar bor

Baho:
+ | -

Jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Hozir hammaning ko‘zi yana APLga qaratiladigan bo‘ldi. Asliyatda biz hozir va may oyi oralig‘ida ko‘plab savollarga javob topamiz. Ammo har-xil tahlillar natijalari ham ommaga qiziq. Shulardan biri "Football Manager 23" portali tomonidan taxmin qilingan natijalardir. Quyida shu haqida gap boradi.

"Arsenal" ayni damda "Manchester Siti"dan sakkiz ochkoga o‘zib ketgan va 2003-04 yilgi mavsumdan beri ilk bor chempionlik uchun kurashga kirgan. Biroq, to‘pchilarning bu farqni saqlab qolish masalasi ham bor. Shuningdek, kuchli to‘rtlikka kurash ham qiziq kechishi tayin. Chunki bunga kutilmaganda "Nyukasl" aralashdi. Qolaversa, APLda turnir jadvalining quyisida ham omon qolish uchun qattiq jang kechadi. Va albatta, mavsum oxiriga kelib, "Oltin butsa" va "Oltin qo‘lqop" sovrini kimga nasib etadi degan savolga ham javob olishimiz mumkin bo‘ladi. "FM23" portali 2022-23 yilgi mavsumni to‘la simulasiya qildi (taqriban gavdalantirdi). Natijalar esa "Arsenal" va "MYU" uchun yoqimli eshitilmaydi.

Manbaga ko‘ra, mavsum so‘ngida "Manchester Siti" o‘zining uchinchi ketma-ket chempionligini nishonlaydi. Bu "shaharliklar" uchun so‘nggi olti yildagi beshinchi titul bo‘ladi. Gvardiola shogirdlari 38 ta turning 25 tasida g‘alaba qozonib, 93 ta gol urishi taxmin qilingan. Boshqa tomonda Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" o‘z raqibidan olti ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egallashi aytilgan. Bunga manchesterliklar safidagi Erling Xoland sabab bo‘ladi. Aynan u hozirda to‘purarlar jadvalini boshqarib turibdi. Norvegiyalik mavsum oxirida 30 ta gol bilan "Oltin butsa"ga ega chiqishi aytilgan. Undan keyingi o‘rinlarni Muhammad Saloh (22) va Xarri Keyn (21) egallaydi. Musobaqaning "Oltin qo‘lqop" sovrini ham "Manchester Siti" futbolchisiga tegishli bo‘ladi. Ederson 17 ta quruq o‘yin bilan bunga ega chiqadi. Shuningdek, Kevin De Bryuyne 16 ta assist bilan bu borada peshqadam sifatida e’tirof etiladi.

Mavsum yakunida YECHL yo‘llanmasini "shaharliklar" va "to‘pchilar"dan tashqari "Chelsi" va "Liverpul" qo‘lga kiritadi. Bu ikki jamoa mavsumni qiyin boshlagandi. Ammo yakunda o‘z maqsadiga erishadi. Xususan, Grem Potterning "Chelsi"si kuchli himoyasi bilan 38 turda 47 marta gol uradi xolos. Portal bergan ma’lumotda keltirilishicha, "MYU" yakunda Yevropa ligasiga qaytadan yo‘l olishga majbur bo‘ladi. Ikkinchi yo‘llanma esa "Nyukasl"ga tegishli bo‘ladi. "Qarg‘alar" bunda "Tottenxem"ni gollar nisbati bilan ortda qoldiradi va oltinchi o‘rinni egallaydi.
Jadvalning boshqa chekkasida "Nottingem", "Vulverxempton" va "Sautgempton" bo‘ladi va ular APL bilan xayrlashadi. Kichik farq bilan "Lids" va "Bornmut" turnirda jon saqlab qoladi!

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:46, 27.12.2022.
O'qildi: 4863 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.