Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Diyor Imomxo‘jayev Rossiyaning OFKga o‘tishidagi absurdlar haqida fikr bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev Rossiyaning OFKga o‘tishidagi absurdlar haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

UYEFA va FIFA Rossiyaga urush sababli sanksiyalar kiritdi. Va endi bu ikki tashkilot Rossiyaning OFK a’zosiga aylanishiga qarshilik qilmayapti. Kimdir o‘ziga ravo ko‘rmayotganini bizga berishga tayyor. Bu birinchi absurd.

Muammodan qochishmas, uni yechish kerak. Rossiya yechmayapti, buning uchun urush to‘xtatilishi kerak. Rossiya futbolda qochyapti. Bu ikkinchi absurd. Chunki UYEFAdan ketib, OFK tasarrufiga qo‘shilish bu oldinga emas, ortga tashlangan qadam.

Rossiya OFK a’zosiga aylansa, geografiya qanchalik kengayishini tasavvur qilib ko‘ring: eng shimoliy mamlakat — Rossiya va eng janubiy mamlakat — Avstraliya bizning qit’ada bo‘ladi. Bu eng katta absurd, chunki hech qaysi konfederasiyada masofa bu qadar katta emas.

Bizga faqat 1 ta xayol — UYEFAda 1 ta o‘rin bo‘shayotgani tinchlik bermayapti. G‘arbiy Yevropa masofa nuqtai nazaridan buni istamasligi katta ehtimol. Biroq barter ko‘zi bilan qaralsa, hech bo‘lmaganda xayol qilishga haqimiz bor.   

Bilasizmi nima, agar hamma mezonlar to‘g‘ri ishlasa, sport siyosatdan uzoqda turishi kerak. Chunki kimlardir baribir konkret prinsiplarida tura olmayotgandek tasavvur uyg‘otmoqda.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 15:31, 27.12.2022.
O'qildi: 2279 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик