Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Mikel Arteta kashf etgan futbolchilar. Ular hozir haqiqiy yulduz!

Mikel Arteta kashf etgan futbolchilar. Ular hozir haqiqiy yulduz!

Baho:
+ | -

Mikel Arteta qo‘l-ostidagi "Arsenal" APLda 7 ochkolik farq bilan yetakchilik qilmoqda. Arteta klubga kelib, bir nechta futbolchilarni kashf etdi yoki bu ishni qaytadan amalga oshirdi. Jamoaga yosh futbolchilarni olish bilan tarkibni o‘z uslubiga qarab shakllantirdi. Yaxshi natijalar mukofoti o‘laroq, Artetaga yangi bitim taklif etishdi. Hozir o‘sha davrning eng yaxshi paytlari kechmoqda. Quyida Arteta tomonidan ochilgan olti futbolchi haqida so‘z boradi.

Granit Jaka

Shveysariyalik futbolchining "Arsenal"dagi taqdiri Mikel Artetaning kelishi bilan butunlay o‘zgarib ketdi. Bundan bir necha yil oldin klub muxlislari Jakadan norozi edi. Ammo hozir hammasi o‘zgardi. Granit "Arsenal"ning asosiy figurasi va bog‘ichsiz sardoriga aylandi. Ayni damda tarkibdagi Arsen Venger paytidan qolgan va eng tajribali futbolchi aynan Granit Jakadir. Hozir u muxlislarning sevimlisiga aylangan.

Bukayo Saka

Ba’zilar Saka yosh va baribir o‘sardi deb hisoblashadi. Ammo Arteta 21 yoshli futbolchining juda tez rivojlanib, yulduzga aylanishida katta yordam berdi. Sakaning darajasi yildan yilga oshib bordi. Hozir esa u Artetaning asosiy quroliga aylanib ulgurdi. Yana bir faktni qo‘shishni istardik, Saka Angliyaning Jahon chempionatidagi eng yorqin yulduzlaridan biri edi. Eng asosiysi esa u endigina katta futbolga kirib keldi.

Emil Smit-Rou

2021-22 yilgi mavsum avvalida Emilga 10 raqam taqdim etildi. Bu katta tavakkaldek tuyulgandi. Ammo Arteta hujumchining nimalarga qodirligini yaxshi bilardi. Bir yildan ortiq vaqt davomida Smit-Rou bunga loyiq ekanini ko‘rsata oldi. Afsuski, jarohatlar futbolchining faoliyatiga to‘siq bo‘lmoqda. Tez orada Emil yana ishga kirishadi.

Aron Ramzdeyl

2021 yilning yozida "Arsenal"ning Ramzdeyl tranfseridan ko‘pchilik norozi bo‘lgan edi. Chunki darvozabonning taqdiri "Bornmut" va "Sheffild"da quyi ligaga tushib ketish bilan yakun topgandi. 24 yoshli futbolchi Bernd Lenoning o‘rnini olib, bunga munosib bo‘la oldi. Angliya terma jamoasi a’zosi hozirda Arteta sababli APLning eng yaxshi posbonlaridan biriga aylandi.

Martin Edegor

Butun dunyo Edegor haqida eshitganida "norvegiyalik Messi" iborasi qo‘llangan edi. Hozir u Messiga qiyoslanmaydi. Chunki Martin shimoliy Londonda o‘z brendini yarata oldi. "Arsenal" sardori Angliyada o‘zining yuqori darajadagi IQ'si bilan ajralib turadi.

Gabriel Martinelli

Martinellining "Arsenal"dagi yorqin o‘yini izsiz ketmadi. U buning evaziga Braziliya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Bunda Mikel Artetaning xizmatlari beqiyos edi. 21 yoshli iqtidor egasi APLda bu mavsum davomida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida esa 6 ta gol va 2 ta assist mavjud. Vinger kecha "Vest Xem"ga ham yetarlicha bosh og‘riq bo‘la oldi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 15:55, 27.12.2022.
O'qildi: 1938 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.