Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-0 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-1 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Frenk Lempard "Everton"ga kelganidan beri APL jadvali qanday o‘zgardi?

Frenk Lempard "Everton"ga kelganidan beri APL jadvali qanday o‘zgardi?

Baho:
+ | -

Frenk Lempardning "Everton"dagi faoliyati oson kechayotgani yo‘q. U uzoq davr mobaynida bosim ostida ishlashga majbur bo‘lmoqda. O‘tgan mavsumda bir nechta muhim g‘alabalar bilan mersisaydliklar APLda qolishga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo bu mavsum yana jon saqlash ishlari boshlanib ketdi. Bunda Lempard aybdor qilinishi tayin, albatta.

Noyabrdagi "Bornmut"ga qarshi mag‘lubiyatdan keyin Lempard shunday degandi: "Muxlislarimizning xafsalasi pir bo‘lmoqda. Bunga ularning haqqi bor. Bu haftada ikki bor mag‘lub bo‘ldik va natija uchun hech qanday bahona keltira olmaymiz. Muxlislar bizdan kutayotgan narsani ularga bera olmayapmiz. Bu mening aybim. Bugun ham ular haq".

"Everton" kuni kecha yana bir qaqshatqich mag‘lubiyatga duchor bo‘ldi. Ular o‘z uyida autsayder bo‘lgan "Vulverxempton"ga 1-2 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Everton" hozirda gollar nisbati evaziga xavfli hududdan tashqarida turibdi xolos. Quyida Frenk Lemardning "Everton"ga kelganidan buyon APL jadvali qanday o‘zgargani bayon etiladi.

Eslatma: quyida faqat so‘nggi bir yil davomida APLda bo‘lgan 17 jamoa nomi berilgan. O‘tgan mavsumda turnirni tark etgan "Byornli", "Uotford" va "Norvich" hamda ularni o‘rnini egallagan "Nottingem", "Fulxem" va "Bornmut" hisobga olinmagan (2022-yil yanvar, 2022 yil dekabr).

1. "Arsenal" - 32 ta o‘yin, 73 ochko, +29.
2. "Liverpul" - 31 o‘yin, 69 ochko, +42.
3. "Manchester Siti" - 29 o‘yin, 68 ochko, +58.
4. "Nyukasl" - 33 o‘yin, 66 ochko, +25.
5. "Tottenxem" - 34 o‘yin, 65 ochko, +37.
6. "Chelsi" - 28 o‘yin, 48 ochko, +13.
7. "Kristal Pelas" - 31 o‘yin, 46 ochko, +1.
8. "MYU" - 30 o‘yin, 46 ochko, -4.
9. "Brayton" - 31 o‘yin, 45 ochko, +4.
10. "Brentford" - 31 o‘yin, 43 ochko, +2.
11. "Lester Siti" - 34 o‘yin, 43 ochko, -2.
12. "Aston Villa" - 33 o‘yin, 37 ochko, -6.
13. "Everton" - 34 o‘yin, 34 ochko, -19.
14. "Vest Xem Yunayted" - 31 o‘yin, 33 ochko, -8.
15. "Lids Yunayted" - 31 o‘yin, 31 ochko, -25.
16. "Vulverxempton" - 33 o‘yin, 30 ochko, -23.
17. "Sautgempton" - 32 o‘yin, 27 ochko, -32.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 16:53, 27.12.2022.
O'qildi: 1240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик