27 yoshli himoyachi Doston Tursunov va «Paxtakor» o‘rtasidagi kelishuv uzaytirildi.
Yozda paxtakorchilar tarkibiga kelib qo‘shilgan Tursunov ikkinchi davrada 7 o‘yinda maydonga tushdi va o‘z faoliyatida birinchi bor klub safida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Doston hamkorlikni davom ettirish haqida «Paxtakor» taklifiga rozi bo‘ldi.