Angliya chempionatining 18-turida “Fulxem” o‘z maydonida “Sautgempton”ga qarshi bahs olib bordi (1:1).
“Sautgempton” 56-daqiqada Jeyms Uord-Prouzning jarima zarbasi evaziga hisobni tenglashtirishdi va 1 ochko ishlab olishdi.
Bu 28 yoshli yarim himoyachi uchun APLdagi 15-jarima zarbasidan kiritilgan gol bo‘ldi.
Faqatgina "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Devid Bekxemda undan ko‘proq jarimalardan gollar bor - 18 ta.