Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"An-Nasr" matbuot xizmati: "Barchaning e’tibori Ar-Riyodga qaratiladi"

"An-Nasr" matbuot xizmati: "Barchaning e’tibori Ar-Riyodga qaratiladi"

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning taqdimoti marosimini qachon bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.

U 3 yanvar kuni jamoaning Ar-Riyoddagi "Mrsool Park" uy stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:00da bo‘lib o‘tadi. Saudiya klubi o‘tgan hafta Ronaldu bilan shartnoma imzoladi.

"Barcha e’tibor Ar-Riyodga qaratiladi, u yerda eng buyuk Krishtianu birinchi marta "An-Nasr" libosida paydo bo‘ladi", - deyiladi klubning "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida.

Oldinroq 30 000 ga yaqin muxlislar “Oltin to‘p”ning besh karra sohibi Ronalduning taqdimotini kutayotgani xabar qilingandi.

 

Kiritildi: 01:15, 03.01.2023.
O'qildi: 2316 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик