Kirish Ro'yxatdan o'tish

Simeone Grizmann haqida fikr bildirdi

Simeone Grizmann haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Antuan Grizmann Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi tarkibida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Shu bilan birga, mavsumning birinchi qismida "Atletiko" futbolchisi tanqidlarga uchradi. Bu haqda "matraschilar" ustozi Diyego Simeone fikr bildirdi.

"Jahon chempionatidan yetti kun oldin Grizmann "Atletiko"da qanday o‘ynagani esingizda bo‘lsin. U xuddi Fransiya terma jamoasida o‘ynagandek, jamoamizda ham shunday fidoyilik bilan o‘ynadi. Antuan hamisha shu klubda bo‘lishni xohlagan. U muxlislar mehrini qaytardi. Ko‘pchilik boshqacha fikrda bo‘lishiga qaramay, u ajoyib futbolchi", - dedi Simeone matbuot anjumanida.

8 yanvar, yakshanba kuni Madridning "Atletiko" klubi Ispaniya chempionati doirasidagi uy uchrashuvini "Barselona"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:59, 05.01.2023.
O'qildi: 817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.