Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Emeri va Lopetegi o‘ziga xos natija qayd etishdi

Emeri va Lopetegi o‘ziga xos natija qayd etishdi

Baho:
+ | -

"Vulverxempton" va "Aston Villa" bosh murabbiylari Xulen Lopetegi va Unai Emeri o‘ziga xos muvaffaqiyatga erishdilar.

Ular turli chempionatlarda bir yilda ikki marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Bu birinchi marta 2022 yil 18 sentyabr kuni La Liganing 6-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal” va “Sevilya” (1:1) jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda yuz berdi. O‘shanda Emeri “Vilyarreal”da, Lopetegi esa "Sevilya"da ishlar edi.

O‘shandan beri ikkalasi ham Ispaniya klublaridan bo‘shatildi va o‘zlariga Premyer-ligadan yangi jamoalar topdilar. 4 yanvar kuni ikki ispaniyalik murabbiylarning yo‘llari yana kesishdi - Emeri boshchiligidagi "Aston Villa" Lopetegi boshchiligidagi "Vulverxempton" klubini qabul qildi. Bu uchrashuv ham 1:1 hisobida yakunlandi.

Ispaniyalik murabbiylarning joriy mavsumdagi amaldagi jamoalari o‘rtasida yana bir uchrashuv Premyer-liganing 35-turi doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 11:09, 06.01.2023.
O'qildi: 1117 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик