Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Australian Open-2023 haqida qiziqarli faktlar

Australian Open-2023 haqida qiziqarli faktlar

Baho:
+ | -

Yaqinlashib kelayotgan tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq chempionati 2023 yilning dastlabki yirik musobaqalaridan hisoblanadi. Bu yil ham turnir shiddatli va murosasiz kurashlarga boy o‘tishi kutilmoqda.

O‘tgan yil serbiyalik Novak Jokovich viza bilan bog‘liq muammolar sabab musobaqani o‘tkazib yuborgan edi. Bu yil boshqa bir yulduz, ayni paytda jahon tasnif jadvalini boshqarib borayotgan ispaniyalik Karlos Alkaras jarohati sabab «Katta dubulg‘a» turnirida qatnashmaydigan bo‘ldi.

Xo‘sh, joriy yil 111-bor o‘tkaziladigan musobaqa haqida yana nimalarni bilamiz?

Turnir o‘tadigan sana: 16-29 yanvar.

Sovrin jamg‘armasi: 51,5 million AQSH dollari. Yakkalik yo‘nalishida g‘alaba qozonadiganlar 2,054 million dollarga ega bo‘lishadi. Asosiy davraning 1-bosqichida mag‘lub bo‘lgan sportchi 75 160 dollar bilan qaytadi.

Amaldagi g‘oliblar: Rafael Nadal (Ispaniya); Eshli Barti (Avstraliya); N.Kiryos / T.Kokkinakis (Avstraliya); B.Kreychikova / K.Sinyakova (Chexiya); K.Mladenovich (Fransiya) / I.Dodig (Xorvatiya).

G‘olib uchun reyting ochko: 2000

Mazkur musobaqa saralash bosqichida hamyurtlarimizdan Nigina Abduraimova ishtirok etadi. Ayni paytda jahon reytingida 180-pog‘onada turgan tennischimiz ertaga birinchi o‘yinini ispaniyalik Leyre Gormazga (169) qarshi o‘tkazadi.

Musobaqani o‘tkazib yuboradigan taniqli sportchilar: Karlos Alkaras (Ispaniya), Gael Monfis (Fransiya), Simona Xalep (Ruminiya), Naomi Osaka (Yaponiya).

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:13, 08.01.2023.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.