Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Rifat Akramxo‘jayev "Lokomotiv" menejeriga aylandi

Rifat Akramxo‘jayev "Lokomotiv" menejeriga aylandi

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" PFK rahbariyati qaroriga ko‘ra, Rifat Akramxo‘jayev klub menejeri etib tayinlandi. Ma’lumot uchun, Rifat Akramxo‘jayev shu paytgacha "Lokomotiv" bolalar va o‘smirlar futbol maktabi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Endilikda "Lokomotiv"ning ham asosiy jamoasi, ham U-19 shuningdek, futzal va ayollar jamoalari va futbol maktabi natijalariga Rifat Saydi-Anvarovich mas’ul sanaladi hamda menejer vazifasini bajaradi.

Ma’lumot uchun, Rifat Akramxo‘jayev "Lokomotiv"dagi faoliyatini 2019 yilda boshlagan bo‘lib, dastlab U-21 jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ish olib borgan. Ikkinchi davrada esa shu jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanib, "Lokomotiv" o‘rinbosarlarining U-21 chempionati chempioni bo‘lishida munosib hissa qo‘shdi.

2020 yil ushbu mutaxassis "Lokomotiv" U-18 jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi va U-18 musobaqasida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2021 yil boshida "Surxon" futbol klubiga yo‘l olgan Rifat Akramxo‘jayev 1 iyul kuni yana "Lokomotiv"ga qaytib, dastlab seleksioner murabbiy, undan keyin U-18 jamoa bosh murabbiyi bo‘lib ishladi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, 2022 yil Rifat Akramxo‘jayev "Lokomotiv" futbol maktabi direktori sifatida ish olib bordi.

Manba: "Локомотив" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 16:57, 09.01.2023.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик