Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xavi: "Sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun himoyada ishonchli o‘ynash kerak"

Xavi: "Sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun himoyada ishonchli o‘ynash kerak"

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoasining joriy mavsumdagi ishonchli himoyaviy o‘yini haqida fikr bildirdi.

Ispaniya chempionatining 16-turidan so‘ng “ko‘k-anorranglilar” o‘z darvozasidan atigi oltita gol o‘tkazib yubordi – bu turnirdagi eng yaxshi ko‘rsatkich.

“Betis”ga qarshi Superkubok yarim finali arafasida Xavi sifatli himoyaviy o‘yin muhimligini ta’kidladi: "Himoya biz uchun asosiy hudud. Sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun ishonchli himoyalanish juda muhim. Albatta, biz nafaqat himoyada ishlashimiz kerak, lekin, La Ligada o‘tkazib yuborilgan oltita gol juda munosib ko‘rsatkich bo‘lib, ko‘p narsadan darak beradi", - dedi mutaxassis.

"Barselona"ning "Betis"ga qarshi o‘yini 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.

Kiritildi: 22:51, 11.01.2023.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик