Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Maksim Shaskix «Dnepr»ga qarshi o‘yindagi yirik mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Maksim Shaskix «Dnepr»ga qarshi o‘yindagi yirik mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" kecha Turkiyadagi yig‘ini doirasida Ukrainaning "Dnepr" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Toshkentliklar ustozi Maksim Shaskix o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu shunchaki yig‘in... Bundan tashqari, "Dnepr-1" va biz mazkur o‘yinga turli holatda keldik. Raqib deyarli bitta tarkib bilan o‘ynagan bo‘lsa, bizning birdaniga 6 futbolchimiz safdan chiqdi. Shuning uchun aralash tarkib bilan o‘ynashga to‘g‘ri keldi. Masalan, bizning nominal hujumchimiz o‘ng qanot himoyachisi vazifasini bajardi.

Shuningdek, biz asosiy tarkibda yoshlarni jalb qilyapmiz. Ular tajriba to‘plashini va tezroq o‘yin falsafamizni tushunib olishlarini istaymiz.

Shuning uchun bu bahsdan xulosa chiqarish qiyin. Agar asosiy tarkib bilan rasmiy uchrashuvda o‘ynaganimizda — boshqa gap edi. Albatta, "Dnepr-1" yaxshi shakllangan jamoa ekani ko‘rinib turibdi. Ammo biz ham o‘z darajamizni va qanday o‘ynashni bilamiz. Qisqa qilib aytganda, mazkur o‘yindan biror bir xulosa qilish qiyin. Bu shunchaki nazorat o‘yini edi.

Boz ustiga, "Dnepr-1"ning hozirgi holati boshqacha jamoa. Jamoa bir oydan keyin Konferensiyalar ligasi o‘yinida ishtirok etadi. Bizda esa yangi mavsum 3 mart kuni boshlanadi. Shuningdek, Turkiyaga kelganimizga endi uch kun bo‘ldi. Toshkentda esa asosan yugurish mashqlarini bajargandik», — dedi Shaskix.

Manba: dinamo.kiev.ua
Kiritildi: 23:12, 17.01.2023.
O'qildi: 3084 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик