Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Rustam Ashurmatov: «Anchadan buyon kuchli ligani ko‘zlayotgandim»

Rustam Ashurmatov: «Anchadan buyon kuchli ligani ko‘zlayotgandim»

Baho:
+ | -

Sizga yaxshi ma’ulmki, «Rubin» nihoyat, Rustam Ashurmatov transferini rasman e’lon qildi.

Qozon klubi matbuot xizmati xabariga qaraganda, 26 yoshli markaziy himoyachi 3,5 yillik shartnoma ostiga imzo chekdi va 5-raqamli futbolkani qabul qilib oldi. Mavsumlar oralig‘ida «Rubin» safiga qo‘shilgan hamyurtimiz shundan so‘ng jamoa matbuot xizmatiga ixchamgina intervyu berdi.

- Rustam, yangi jamoadagi dastlabki taassurotlaringiz...  

- «Rubin» safiga qo‘shilishdagi ilk his-tuyg‘ular - shunchaki, super. O‘zi anchadan buyon kuchli ligada o‘ynashni orzu qilardim. Shunday ekan, «Rubin» oilasiga kelganimdan xursandman. Klub yozda ham murojaat qilgandi, ammo o‘sha payt «Navbahor» bilan shartnomam borligi tufayli Qozonga kelolmagandim. 

- Jamoada qanday kutib olishdi? Yig‘inning ilk kunlari qiynalmadingizmi? 

- Hammasi ajoyib. Futbolchilar va murabbiylar bunday iliq qarshi olishlarini kutmagandim, ochig‘i. Juda yoqimli bo‘ldi, o‘zimni anchadan buyon shu klubda o‘ynayotgandek his qildim. 

- «Rubin»da hamyurtingiz Umarali Rahmonaliyev ham bor. Moslashish borasida bir-biringizga yordam ber­yapsizlarmi? Yana kimlar bilan yaqinroq tanishib oldingiz? 

- Umarali ham yaqindagina keldi. Tabiiyki, imkon qadar bir-birimizni qo‘llaymiz. Umuman, «Rubin»ning barcha futbolchilari bilan yaxshi chiqishib ketdim, o‘zaro munosabatlar zo‘r. 

- Rossiyada havo harorati ancha past. Sovuqda o‘zingizni qanday tutasiz? Noldan past darajali haroratda ham o‘ynashga tayyormisiz? 

— O‘zbekistonda ham qish sovuq keladi va bunga ko‘nikkanmiz. To‘g‘ri, Rossiyada sovuqroq, lekin bunday sharoitda o‘ynash imkonsiz emas. 

- O‘z haqingizda ma’lumot bersangiz - qaysi pozisiyada o‘ynaysiz, kuchli tomonlaringiz...? 

- Amplua bo‘yicha markaziy himoyachiman. O‘ylaymanki, murabbiylar mendan aynan shu pozisiyada foydalanishadi. Kuchli jihatlarim? Bu haqda gapirishim nojoiz. Yaxshisi, barchasiga murabbiy va muxlislar baho berishsin. 

- Joriy mavsum oldingizga qo‘ygan maqsadingiz... 

- Albatta, «Rubin» RPLga qaytishi kerak. Bu borada jamoaga qo‘ldan kelganicha yordam bersam, bas. 

- Qozon haqida nimalarni bilasiz? 

- Shahar haqida ko‘p eshitganman, ammo birinchi marta boraman. Juda go‘zal shahar va tarixini chuqurroq bilishni xohlayman.

«Rubin» matbuot xizmati Turkiyada   boshlangan yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda ikki hamyurtimiz - Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyev ham bor. Demak, legionerlarimiz allaqachon Tatariston klubi mashg‘ulotlariga qo‘shilishgan. Darvoqe, «Rubin» ushbu yig‘ini doirasida Ashurmatovning sobiq klubi - «Navbahor» bilan ham o‘ynaydi. Ma’lumot uchun, Yuriy Utkulbayev boshqarayotgan Qozon klubi ayni payt Rossiya chempionati Birinchi divizionida 37 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa mavsumning ikkinchi qismidagi ilk rasmiy uchrashuvni 5 martda o‘tkazadi. «Rubin» shu kuni autsayderlardan biri - «Kuban» mehmoni bo‘ladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:42, 18.01.2023.
O'qildi: 2375 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик