Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Inter" va Shkrinyar o‘rtasidagi muzokaralar natijasi ma’lum

"Inter" va Shkrinyar o‘rtasidagi muzokaralar natijasi ma’lum

Baho:
+ | -

Slovakiya terma jamoasi va "Inter" markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar "neradzurri" bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashdan bosh tortdi. Bu haqda insayder Janluka di Marsio ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.

Italiya top-klubi futbolchiga olti million yevro maosh bilan yangi shartnoma taklif qildi. U bonus sifatida yana 500 mingga yaqin daromad olishi mumkin edi. Bu taklif Shkrinyarga ma’qul kelmadi - slovakiyalik kamida sakkiz million yevro ishlab olmoqchi.

Shunday qilib, Milan yaqin kelajakda jamoasini o‘zgartirish ehtimoli katta. Avvalroq Fransiyaning "PSJ" klubi himoyachiga asosiy da’vogar edi.

Kiritildi: 12:09, 20.01.2023.
O'qildi: 930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик