Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Andijon" Turkiyada qaysi klublar bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazadi?

"Andijon" Turkiyada qaysi klublar bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazadi?

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasi 27 yanvardan 17 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

Ushbu tayyorgarlik bosqichi doirasida bir qator nazorat o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Hozirda 4 ta nazorat uchrashuvlari ma’lum bo‘lib ulgurdi.

Jamoaning Antaliyadagi dastlabki o‘yini 31 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Ruminiyaning “Chiksereda” "Andijon" uchun sparring-raqib vazifasini bajaradi.

"Andijon"ning navbatdagi nazorat uchrashuvi 3 fevral kuniga belgilangan bo‘lib, Rossiya Premyer-ligasi vakili Voronejning “Fakel” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

12 fevral kuni esa "Andijon" ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Dastlab Rossiya birinchi divizion qatnashchisi hisoblangan Moskvaning “Veles” klubiga qarshi o‘yin o‘tkazilsa, kunning ikkinchi yarmida Ruminiyaning oliy divizion qatnashchisi “Samtredia” jamoasiga qarshi bahs bo‘lib o‘tadi.

"Bulardan tashqari, yana bir qator o‘rtoqlik bellashuvlari ham tashkillashtiriladi. Qolgan raqiblar nomi ma’lum bo‘lishi bilanoq bu borada rasmiy sahifalarimiz orqali xabar beramiz" - deyiladi "Andijon" klubining rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 14:52, 23.01.2023.
O'qildi: 1103 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик