"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann shveysariyalik darvozabon Yan Zommerning debyuti haqida gapirdi. Yangi jamoadagi debyutida "Leypsig" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
"Zommer ajoyib ish qildi. U qanday o‘ynashni biladi. Agar siz tavakkal qilsangiz, ba’zida xato qilasiz. Bu sodir bo‘ladi, bu normaldir. Umuman olganda, uning o‘yiniga baho beradigan bo‘lsam, men qoniqdim", - dedi Nagelsmann klub matbuot xizmatiga.
Zommer 19 yanvar kuni Menxengladbaxning "Borussiya"sidan "Bavariya"ga o‘tgan edi. Ushbu transfer myunxenliklarga 8 million yevroga tushdi.