Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

O‘zbekistonlik hakamlar uchun Farhod Abdullayev ishtirokida FIFA onlayn seminari tashkil etildi

O‘zbekistonlik hakamlar uchun Farhod Abdullayev ishtirokida FIFA onlayn seminari tashkil etildi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik hakamlar uchun FIFA nazoratchisi Farhod Abdullayev ishtirokida FIFA onlayn seminari tashkil etildi.

Seminarni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda so‘nggi Jahon chempionati davomida kiritilgan qator o‘zgarishlar keyingi 4 yil uchun hakamlikdagi asosiy yo‘nalishlarni belgilab berishi, ularni chuqur o‘rganish va navbatdagi musobaqalarda tatbiq etilishi oldimizda turgan asosiy vazifaligi ta’kidlandi.

O‘z navbatida mazkur jarayon kelgusida hakamlarimizning mahalliy va xalqaro faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aytildi. Bu borada tajribali FIFA nazoratchisi Farhod Abdullayev o‘z bilimlarini hakamlarimiz bilan bo‘lishishi ma’lum qilindi.

Ushbu zamonaviy o‘yin qoidalari va FIFA tomonidan taqdim etilgan ko‘rsatmalarni milliy chempionat o‘yinlariga joriy etilishi kelgusida milliy terma jamoalarimizning xalqaro darajada qayd etadigan natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi alohida qayd etildi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik hakamlar 4 kun davomida FIFA onlayn seminari orqali yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari rejalashtirilgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:40, 24.01.2023.
O'qildi: 810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.