Rossiya Futbol ittifoqi va UYEFA vakillari o‘rtasida Rossiyani xalqaro futbolga qaytarish borasida o‘tkazilgan muzokaralar samarasiz yakun topdi. UYEFA qarorgohida bo‘lgan uchrashuvda Rossiya tomonidan Futbol ittifoqi vise-prezidenti Aleksandr Alayev ishtirok etgan.
3 soatdan ortiq kechgan muzokaralar Rossiya uchun samarasiz yakun topdi. Muzokaralarning keyingi bosqichi fevralda bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, Rossiya va uning klublari FIFA va UYEFA tasnifidagi turnirlardan chetlatilgan.