Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Mikel Arteta va uning "Arsenal"i: Bu haqida klub afsonalari nima demoqda?

Mikel Arteta va uning "Arsenal"i: Bu haqida klub afsonalari nima demoqda?

Baho:
+ | -

Artetaning bir necha yil oldin aytgan "yuksalishga ishoning" degan iborasi ustidan ko‘p kulindi. Hozir o‘sha gap amalda ham yuz berganiga guvoh bo‘lyapmiz. Chunki uning jamoasi mavsum boshidan beri APL peshqadamligini hech kimga bergani yo‘q. Quyida "Arsenal" afsonasiga aylangan ayrim shaxslarning Arteta va uning jamoasi haqida aytgan gaplari taqdim etiladi.

Arsen Venger

"O‘ylaymanki, bu jamoaga kelgan har bir inson, avvalo, klubning o‘zligi qayerda ekanini aniqlab olishi kerak. Mikel Arteta esa bu ishni bajardi. U "Arsenal"da ta’lim olgan va mening jamoamga sardorlik qilgan. Mikel "Arsenal"ning qadrini qaytadan tikladi. Umuman olganda, sarflangan uch yil bekorga ketmadi. Tiklangan darajani ushlab qolish uchun sizga tegishlilik hissi kerak bo‘ladi. Qachonki, buni anglaganingizda, yuksalishga yuz tutasiz. Mikel klubning uslubini saqlab qolgan holda, uni hujum mentaliteti va himoya balansi bilan omuxtalashtirdi. Hozir "Arsenal" mutlaqo to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda".

Tyerri Anri

Ha, hammasi yaxshi. Lekin hali ham sabr qilish kerak deb hisoblayman. Hozir bizda ajoyib jamoa mavjud. Klub muxlislari anchadan beri nimadir yutish uchun kurashadigan jamoa xohlayotgandi. Bugun orzular ro‘yobga chiqdi deyish mumkin. Mikel Arteta hamma narsaga to‘g‘ri yondoshmoqda. Uning o‘yinchilarga o‘tkazadigan ta’siri kuchli. Biz bu jamoaning qayergacha borishini hali bilmaymiz. Ammo men "Arsenal"ni mavsum oxirida chempion holda ko‘rishni istayman".

Patrik Viyeyra

"Men shaxsan "Arsenal"ning bu qadar o‘sganidan hayratga tushmadim. Chunki jamoada yaxshi futbolchilar va yaxshi murabbiy bor. Eng asosiysi, futbolchilar hozir nima qilishni istayotganini yaxshi biladi. Ularning ko‘zlarida olov va ishonch bor. Bu futbolda juda ham muhim. Sabr bilan erishilgan natijaning rohati ham shirin bo‘ladi".

Rey Parlor

"Men "Arsenal" mashg‘ulotlarini tomosha qildim. Mikel Artetaning futbolchilar bilan ishlashiga qoyil qolmasdan iloj yo‘q. U shogirdlarini kerakli ma’naviy va ruhiy quvvat bilan ta’minlamoqda. Mikel buni o‘tmishda birga ishlagan Venger va Gvardioladan o‘rgangan. Murabbiyga ham o‘rganish juda zarur. U futbolchilardan yuz foiz kuchini berishni talab qiladi. Tartib-intizom va kuchli xohish bilan "Arsenal" kabi muvaffaqiyatga erishish mumkin".

Robert Pires

"Albatta, men hali ham "Arsenal"ni kuzatib boraman. Jamoaning barcha o‘yinlari e’tiborimda bo‘ladi. Hozir ham sport direktori Edu Gaspar va Mikel Arteta bilan suhbatlashib turamiz. O‘ylaymanki, Mikel u yerda aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirdi. U jamoaning DNKsidagi hujum sifatlarini qaytadan kashf qildi. Bu juda muhim edi. Men unga qoyil qolaman va mehnatlarini qadrlayman".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 19:12, 26.01.2023.
O'qildi: 2517 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.