Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" va "MYU" qiziqish bildirayotgan futbolchi jamoasida qoladigan bo‘ldi

"Chelsi" va "MYU" qiziqish bildirayotgan futbolchi jamoasida qoladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olas himoyachi Malo Gusto va hujumchi Karl Toko-Ekambi klubda qolishini tasdiqladi.

“Karl Toko-Ekambi va Malo Gusto “Lion”da o‘ynashda davom etishlarini mamnuniyat bilan tasdiqlayman. Kamida 2023 yilning 30 iyuniga qadar”, — deb yozdi Olas Twitter sahifasida.

Oldinroq Toko-Ekambi ijara asosida "Renn"ga o‘tishi, Gustoga esa "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Gusto "Lion" tarbiyalanuvchisi. 2022/23 yilgi mavsumda u liganing 15 ta o‘yinida qatnashib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 00:02, 27.01.2023.
O'qildi: 1195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик