Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Boks afsonasi Mayk Tayson 90 yillarda jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda

Boks afsonasi Mayk Tayson 90 yillarda jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boksning og‘ir vazn toifasi bo‘yicha sobiq chempioni Mayk Tayson o‘tgan asrning 90 yillari boshida Nyu-Yorkning Olbani shahrida sodir bo‘lgan jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda.

Suddan ismi sir bo‘lib qolishini so‘ragan ayol sobiq bokschi uni limuzinda zo‘rlagani va shundan so‘ng yillar davomida jismoniy va ruhiy qiynalib kelgani uchun 5 million dollar tovon talab qilmoqda. Ayolning ko‘rsatmasida zo‘ravonlikning aniq sanasi ko‘rsatilmagan va o‘sha paytda polisiyaga murojaat qilgan yo qilmagani ham noma’lum.

Da’vo Nyu-York shtatidagi jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari to‘g‘risidagi qonunga binoan qo‘zg‘atilgan bo‘lib, u jabrlanuvchilarga yillar, hatto o‘n yillar oldin sodir bo‘lgan zo‘ravonlik uchun da’vo arizalari topshirishga muhlat beradi.

56 yoshli Taysonning o‘zi ham, uning vakillari ham bu iddaolar va sudga da’vo arizasi kiritilgani bo‘yicha munosabat bildirmagan.

Jabrlanuvchining advokati Darren Seylbek sudga alohida hujjatda uning idorasi da’volarni tekshirganini va ularni “o‘ta ishonchli” deb topgani uchun matbuotga endi ish bo‘yicha izoh bera olmasligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tayson 1992 yilning fevralida go‘zallik tanlovi ishtirokchisi Dezir Vashingtonga jinsiy zo‘ravonlik qilgani uchun 3 yil qamoqda o‘tirgan edi. Shuningdek, uning sobiq rafiqasi Robin Givens ajralish to‘g‘risidagi hujjatlarda Mayk asossiz tarzda tajovuz va zo‘ravonlik qilganini ko‘rsatib o‘tgandi.

2022 yilning yozida xuddi shunday ayblovlar boshqa bir mashhur amerikalik og‘ir vazn toifasi vakili Jorj Formanga ham qo‘yilgan edi. Ikki nafar ayol 74 yoshli bokschini o‘tgan asrning 70 yillarida ularga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblagandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:00, 27.01.2023.
O'qildi: 1926 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик