"Galatasaroy" "Liverpul" himoyachisi Nataniel Fillipsga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi The Athletic.
Manbaga ko‘ra, turk klubi 25 yoshli angliyalik uchun asosiy da’vogar va u uchun 10 million funt to‘lashga tayyor.
2022/23 yilgi mavsumda Fillips “Liverpul” safida 5 ta o‘yinda ishtirok etdi va samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.













