Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Qahramon Aslanov: «MYU», «Arsenal» va «Chelsi»ning qishki transferlar haqida

Qahramon Aslanov: «MYU», «Arsenal» va «Chelsi»ning qishki transferlar haqida

Baho:
+ | -

Transfer oynasida, APL top-klublari ichida, mening nazarimda, “Arsenal” va “Manchester Yunayted” aqlli va tushunarli transferlar amalga oshirdi.

“Yunayted” mavsum davomida yo‘qotilgan Krishtianu Ronaldu o‘rnini Vaut Vergost bilan to‘ldirdi. Murabbiyga yaxshi tanish, jamoadagi boshqa hujumchilardan biroz farqli harakat qiladigan variant. Yaqinda jarohatlangan Kristian Eriksen o‘rniga esa, taklif qilingan Saul, Karrasko, Isko kabi nomzodlar ichidan Marsel Zabitserga to‘xtaldi. Maydondagi vazifalar, ustunliklar borasida Eriksenga eng yaqin nom, buning ustiga, klub aprelda Marsel bilan qiziqqan, faqat Eriksen variantda tekinga paydo bo‘lganda, rejani o‘zgartirgandi. Har ikki futbolchi ham ijara asosida, kelishish qiyin bo‘lmadi – Vautdagi top-klub istagi “Byornli” va “Beshiktosh”ga ta’sir qilgan bo‘lsa, Zabitser “Bavariya”da o‘yin amaliyotidan muammolarda duch kelayotgandi. Ya’ni har ikki futbolchida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatidan foydalanish istagi kuchli. Ayni muddao.

Umuman, “Manchester Yunayted” yarim yilda transferlarga bo‘lgan uslubini ijobiy tomonga o‘zgartirganini ta’kidlash kerak. Yozning so‘nggi kunlarini eslang, klub Rabyo, Arnautovich, De Yong kabi futbolchilar ortidan yugurgan davrni. Yarim yilda Ten Xag loyihasi qaysidir ma’noda ishontirdi va klubning bozorda ancha bosiq kuchga aylantirdi.

“Arsenal” esa, juda kuchli asosiy tarkibga ega, asosiy maqsad – tarkibni kengaytirish. To‘g‘ri, jamoa ikkita kubokdan chiqib ketdi, bor kuchini APL ga tashlash imkoniyati bor, ammo Martinelli va Parti (yoki Jaka) kabi futbolchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rinbosar yo‘q edi. Mavsum yarmigacha ajoyib o‘yin ko‘rsatib, chempionlik poygasida favoritga aylangach, bir necha futbolchining forma yo‘qotishi yoki jarohatlanishi natijasida ustunlikni boy berib qo‘yish alam qiladi. “Liverpul” va “Chelsi”da muammolar, “Siti” avvalgidek emas, “Arsenal” chempionlikka ushbu mavsumdagidek yaqin bo‘lishi uchun yozda yuz millionlar ham yetmay qolishi mumkin. Trossar va Jorjinyo sifatni pasaytirmagan holda rotasiya qilish imkonini beradi. “Arsenal”ning chempionlik imkoniyati yuqori ekani, tabiiyki, futbolchilarni ko‘ndirishda ham muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lishi kerak.  

“Chelsi”ning transferlariga birdaniga baho berish qiyin, chunki u yerda deyarli yangi jamoa  yig‘ilmoqda. Qaysi futbolchining qay tariqa ta’sir ko‘rsatishini tahlil qilish imkonsiz. Tabiiyki, juda sifatli, yosh va kelajagi porloq iste’dodlar yig‘ilmoqda. Shartnomalarning 7-8 yilga imzolanayotgani transfer harajatlarini kelajak yillarga sochib yuborish imkonini beradi. Har mavsum futbolchilar uchun raqobatga kirishish o‘rniga, birdaniga yig‘ib qo‘ya qoldi. Keyingi mavsumlarda esa, tarkibdan chetda qolayotgan futbolchilar asta sekin sotilib, daromad qilaveradi.

Potter uchun asosiy muammo shunda. U “Brayton”da juda yaxshi ish olib borgan, malakasiga shubha yo‘q. Ammo top-klubdagi ilk mavsumidayoq aynan top-klublarga xos bo‘lgan asosiy qiyinchilikka duch keladi. Maydonga tushmayotgani tufayli norozi yulduzlar haddan tashqari ko‘p bo‘ladi, bunday holatda har biri bilan aloqani ushlab, muhitni saqlab qolish eng qiyini.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 13:33, 01.02.2023.
O'qildi: 2954 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.