"Milan" hujumchisi Rafael Leaning agenti Ted Dimvula portugaliyalik futbolchi jamoada qolish niyatida ekanini aytdi.
"Rafael haqida ko‘plab yolg‘on va chalg‘ituvchi ma’lumotlar bor, asosan Italiya matbuotida. O‘yinchining maqsadi o‘zgarmadi: u "Milan"da qolishni va o‘sishni va o‘zini juda yaxshi ko‘radigan bu shaharda faoliyatini davom ettirishni istaydi", - deydi futbol agenti.
23 yoshli Leau 2019 yilning yozida "Milan"ga o‘tgan edi. Hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda 9 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.