Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Andijon» uchun strategik rivojlanishning turkcha modeli: «Antalyaspor» bilan hamkorlik nima beradi? (3-qism)

«Andijon» uchun strategik rivojlanishning turkcha modeli: «Antalyaspor» bilan hamkorlik nima beradi? (3-qism)

Baho:
+ | -

3-qism.

“Antalyaspor”ga amaliy tashrifimizning keyingi manzili klub qarorgohi bo‘ldi. U yerda bizni xalqaro aloqalar va strategik rivojlantirish menejeri Erdem Erdal hamda media-ofiser xodimi Mexmet Ali kutib oldilar.

“Antalyaspor” jamoasi shu kuni Turkiya chempionati doirasida safarda “Trabzonspor”ga qarshi o‘yini bor edi. Shu sababli bazani obdon ko‘zdan kechirish imkoniyati bo‘ldi. Ayniqsa, bunda Erdem Erdal katta yordam ko‘rsatdi. U klubning rivojlanish strategiyasini batafsil tushuntirib berdi. Unda 26 ta yo‘nalish belgilab chiqilgan va klub shunga asosan faoliyatini olib bormoqda.

“Antalyaspor”ni butun dunyoga keng qamrovli tarzda yoyish ishlarini jadallik bilan olib borishyapti. Dunyoning turli burchaklarida ushbu jamoaning filiallari va futbol maktablari bor. Jumladan, Argentina, Janubiy Afrika, Kosovo, Kipr, Belgiya kabi mamlakatlarda klub o‘zining filiallarini, futbol maktablarini tashkil qilgan. Masalan, Argentinaning 3-divizionida “Antalyaspor”ga qarashli jamoa qatnashadi. U yerda turk klubi uchun iqtidorli futbolchilar tarbiyalab beriladi. Shuningdek, “Antalyaspor”dan har yili 6 nafar o‘yinchi Argentinaga yuboriladi. Afrikadan esa 18 yoshdan yuqori bo‘lgan yigitlar “Antalyaspor”ga jo‘natiladi. Yaqinda Eronning “Sepaxon” jamoasida “Antalyaspor”ning filiali ham ochilyapti. Germaniyada ham Turkiya klubining futbol maktabi barpo etilayotganini Erdal aytib o‘tdi.

“O‘zbekistonda iqtidorli bolalar ko‘pligini bilamiz va shu tomonga ham e’tiborimizni qaratmoqchi bo‘lib turgandik va sizlar ayni paytda kelib qoldinglar. Masalan, bizning U-19 jamoamizda tojikistonlik futbolchi bor. Bizga strategik nuqtai nazardan Andijon ham juda mos tushadi. Chunki bu Tojikiston bilan Qirg‘izistonning tutash joylarida joylashgan”, - dedi Erdem Erdal.

Shuningdek, u yana so‘zida davom etar ekan shunday dedi: “Turkiyada birinchi bo‘lib xalqaro aloqalar va strategik rejalashtirish departamentini ochdik. Ispaniyada o‘qib kelganman va UYEFAning Pro lisenziyasiga egaman. Bunday departamentlar 2006 yili “Barselona”, “Real” singari klublarda ochilgan. Turkiyada “Fenerbaxche”, “Galatasaroy”, “Beshiktosh”, “Trabzonspor” kabi kuchli klublar bo‘lsa-da, ularda bunday departamentlar yo‘q. Biz alohida uzoq yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini ishlab chiqqanmiz. Hatto, futbol klubi shu darajada bo‘lishi kerakki, oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olayotgan odamlar halol bo‘lishlari kerak. Ba’zida xiyonat ham qilishlari hech gap emas. Bu esa tomib-tomib katta zarar yetkazishi mumkin. Sarflanayotgan barcha mablag‘lar keyinchalik klub uchun foydali tarzda qaytishi lozim. Biz xalqaro aloqalarni rivojlantiryapmiz. Bunda sizlarning ham bu yerga kelishinglar ayni muddao bo‘ldi. Biz “Andijon” klubi bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Har jihatdan yuksalish yo‘lidamiz. Masalan, Erik Abidal bu yerga kelib murabbiylarni o‘qityapti. Afrikadan ham mutaxassislarni chaqiryapmiz. Kerak bo‘lsa xalqaro musobaqalarimizni Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradi. Kuni kecha Ispaniyadagi o‘smirlar o‘rtasidagi turnirga bordik va u yerda 5-o‘rinni oldik. “Real”, “Atletiko”, “Barselona” dastlabki uchtalikdan joy olishdi. Masalan, bu turnirda 20 ta klub qatnashdi. PSJ, “Arsenal” va yana boshqa kuchli jamoalar ham bor edi. Shveysariya, Ispaniya va yana boshqa mamlakatlarda “Antalyaspor” haqida ko‘rsatuvlar, reportajlar tayyorlanyapti va bu orqali klub imidjini oshirib boryapmiz”, - dedi Erdal.

Klubda har bir bo‘limning o‘z mutaxassislari ish olib bormoqda. Bosh murabbiy turk futbolining yorqin yulduzlaridan biri Nuri Shaxin ekani haqida xabar berib o‘tdik. Shuningdek, bir necha yil oldin “Antalyaspor” da Samuel EtoO, Samir Nasri kabi yulduzlar o‘ynashdi.

Yana baza bilan yaqindan tanishtirish chog‘ida u yerda ikki kishilik bo‘lgan 130 ta xona bor bo‘lib, bu 260 ta bola uchun joy bor deganidir. 6 ta maydon ham shay holatda va buning uchun ishchi-xodimlar yetarli darajada. Klub prezidenti Aziz Chetin hamma ishlarni yuqori darajada bo‘lishini ta’kidlab, nazorat qilib boradi.

Tez orada “Andijon” va “Antalyaspor” klublari o‘rtasida memorandum imzolanadi. Hamkorligimizning birinchi ko‘rinishi sifatida 4 fevral kuni Turkiya Superligasi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Antalyaspor” hamda “Gaziantep” o‘rtasidagi uchrashuvga jamoamizni taklif qilishdi. Klub zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha ham zamon bilan hamnafas bo‘lib boryapti.  

Yana bir gap: 2024 yili “Andijon” futbol klubi tashkil topganiga 60 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan Ulug‘bek Mirazev Ferda Ramanli va Erdem Erdal bilan uchrashuvlar jarayonida jamoamizning yubileyi nishonlanadigan bayram kechasiga “Antalyaspor” klubini o‘rtoqlik uchrashuvi uchun taklif qildi. Shuningdek, murabbiylar va yosh futbolchilarni amaliyot uchun yuborish bo‘yicha ham kelishib olindi.  

Ochig‘i, “Antalyaspor” klubiga tashrif shu qadar qiziqarli va ma’lumotlarga boy bo‘ldiki, “Andijon” jamoasi hamkor tanlashda adashmaganligi o‘z ifodasini topdi. Turk hamkasblarimiz o‘zbek futboliga va xususan “Andijon” klubiga jiddiy qaramoqdalar va buning istiqbolli loyiha ekaniga Ulug‘bek Mirzayevning fikr va mulohazalaridan so‘ng iqror bo‘ldilar. Nasib qilsa, tez orada memorandum imzolansa, amaliy ishlar faollashadi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 14:07, 02.02.2023.
O'qildi: 1012 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.