“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning maoshining katta qismi Saudiya Arabistoni davlat byudjeti hisobidan to‘lanadi, deb xabar beradi The Athletic.
Manbaga ko‘ra, klub portugaliyalikga atigi 10 foiz maoshini to‘laydi. Ronalduning “An-Nasr”dagi maoshi 200 million yevro. Uning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ronalduning riyodliklar safidagi o‘yini mamlakat uchun tarixiy lahzadir, dedi klubdagi manba.
37 yoshli futbolchi “An-Nasr” safida ikkita o‘yin o‘tkazib, gol ura olmagan.