Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Potter: "Enso - fantastik futbolchi"

Potter: "Enso - fantastik futbolchi"

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Grem Potter qishki transfer oynasining so‘nggi kunida argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandesning "aristokratlar" safiga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

"Uning transferi bilan bog‘liq vaziyatda men hech narsa qila olmadim, hech narsani o‘zgartira olmadim. O‘tish haqida faqat e’lon qilinganida bildim. Men juda xursandman, chunki u fantastik futbolchi.

U "Fulxem" bilan o‘yinda (3 fevral) debyut qila oladimi? Keling, ko‘ramiz, biz hujjatlarni rasmiylashtirishimiz, buning uchun ruxsat olishimiz kerak.

Mening ispan tilim unchalik yaxshi emas, uning ingliz tili unchalik yaxshi emas, lekin biz ishlaymiz. U ta’sirchan yigit", - dedi Potter Absolute Chelsea bilan suhbatda.

Fernandesning transferi "Chelsi"ning tarixdagi eng qimmat xaridiga aylandi. Londonliklar "Benfika"ga 121 million yevro to‘lagan.

Kiritildi: 20:17, 02.02.2023.
O'qildi: 994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик