«Utrext» yarim himoyachisi Teylor Butga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Yevropa matbuoti xabar beradi.
«Manchester Yunayted» kelasi yozda amerikalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgan.
Ushbu transferga avvalroq Gollandiya chempionatida ishlagan «qizil iblislar» bosh murabbiyi Erik ten Xagning shaxsan o‘zi qiziqmoqda.
21 yoshli Teylor But joriy mavsum «Utrext» safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi (2 gol+3 golli uzatma). Uning narxi atigi bir yarim million yevroga baholanmoqda.