«Milan»ning sobiq futbolchisi Aleksandr Pato hujumchi Rafael Leauga maslahat berdi.
Ayni damda «rossonerilar» portugaliyalik bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan birga, Leau ko‘plab Yevropa gigantlarining qiziqish markaziga tushgan.
«Leau yuragida nimani buyursa, shuni qilishi kerak. Ba’zan sizning atrofingizda juda ko‘p maslahatchilar bo‘ladi va bu sizga xalaqit beradi.
U nimani qilishni o‘zi hal qilishi kerak. Shu bilan birga, «Milan»da unga kerak bo‘lgan hamma narsa bor», - dedi Pato.
Rafael Leauning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil taqvim yilining o‘rtalariga qadar tuzilgan.