Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: "Nazarov "Andijon" klubi bilan ajoyib mavsumni o‘tkaza oladi"

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: "Nazarov "Andijon" klubi bilan ajoyib mavsumni o‘tkaza oladi"

Baho:
+ | -

Ma’lumki, “Andijon” tarkibiga Tojikiston milliy terma jamoasi sardori Axtam Nazarov taklif qilingan bo‘lib, Antaliyadagi tayyorgarlik yig‘inida faol qatnashmoqda.

Ushbu o‘yinchining “Andijon” klubida paydo bo‘lishi albatta Tojikistonda ham barchaning e’tiborini o‘ziga tortdi. Shu bois Tojikiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Petr Segrt Nazarovning “Andijon” klubi taklifini qabul qilganiga munosabat bildirdi.

“Tojikiston uchun juda ham xursandman. Chunki terma jamoamiz sardori uchun nihoyatda yaxshi tajriba bo‘ladi. O‘ylaymanki, u “Andijon” klubi bilan ajoyib mavsumni o‘tkaza oladi. Bunga ishonaman.

Axtam Nazarov 2022 yilda Tojikiston terma jamoasi va chempionatda juda muvaffaqiyatli o‘yinlarni o‘tkazdi. Shunga yarasha u eng yaxshi futbolchilarimizdan biri bo‘lgandi.

Bundan tashqari, bu o‘yinchida juda yaxshi xislatlar mavjud. Shu jihatdan ham bu barcha uchun foydali va yangilik bo‘ldi deb o‘ylayman.

“Andijon” bosh murabbiyiga mening nomimdan salom ayting”, - dedi Petr Segrt “Andijon” matbuot xizmatiga.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 20:25, 07.02.2023.
O'qildi: 1142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик