Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Sergey Jukov: «Andijonga qarshi o‘yinning dastlabki 30 daqiqasida jamoamni tanimadim»

Sergey Jukov: «Andijonga qarshi o‘yinning dastlabki 30 daqiqasida jamoamni tanimadim»

Baho:
+ | -

“Andijon”ning “Volga” klubiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng raqib jamoa bosh murabbiyi Sergey Jukov “Andijon” matbuot xizmati uchun o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Sergey Nikolayevich, o‘yin haqida nima deya olasiz?
— Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘lim boshida “Andijon” juda uyushqoqlik ko‘rsatdi va tashabbus bilan harakat qildi. Golli imkoniyatlar tashkil etishdi, lekin darvozabonimiz yaxshi harakatlanib vaziyatlarni bartaraf etdi. Keyin o‘yindagi jarayon o‘zgarib ketdi. Bizning jamoamiz ustunlik qilib, gollar urishga erishdik. Ikkinchi bo‘limda ham imkoniyatlarimizdan unumli foydalanib ustunlikka erishdik.

— Jamoangizning 4:0 hisobida g‘alaba qozonishini o‘ylamagandingizmi?
— Nimaga? Biz bundan avval AGMK jamoasi bilan ham yaxshi o‘yin ko‘rsatgandik va 2:1 hisobida g‘alaba qozonganmiz. Bu jamoa sizlarda lider klublardan hisoblanadi. Ertalabki o‘yinimiz biroz o‘zimiz istagandek chiqmagandi. Kechqurun futbolchilar to‘g‘ri xulosa qilib, yaxshi harakatlanishdi. Ammo birinchi 30 daqiqada jamoamni tanimadim. Asosiysi, ishonchli g‘alaba qozondik.

— Ha, kunning birinchi yarmida “Volga” Qozog‘istonning “Okjetpes” jamoasiga 1:4 hisobida yutqazdi. Ikkala uchrashuv bilan solishtirganda qanday farqli tomonlarini ko‘rdingiz?
— Aralash tarkib bilan o‘ynayapmiz. Safimizda bir qancha jarohat olganlar bor. O‘yinchilarning harakatlarini kuzatib boryapmiz. Keyingi haftadan asosiy tarkib o‘zagini aniqlab olamiz. 25 fevralda Rossiya chempioni – “Zenit” jamoasi bilan o‘ynaymiz. Bo‘lajak muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ungacha boshlang‘ich va zaxira tarkibini aniqlab, mazkur holatdan kelib chiqib, chempionga qarshi o‘ynaymiz.

— “Andijon” tarkibida to‘p surgan futbolchilardan kimdir e’tiboringizni tortdimi?
— Texnikasi yuqori bo‘lgan o‘yinchilar ko‘p ekan. Birortasini ajratib ko‘rsata olmaymanu, lekin jamoa menga yoqdi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:31, 09.02.2023.
O'qildi: 2891 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.