Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

So‘nggi 38 turning jadvalida APL mutlaqo o‘zgacha ko‘rinish oladi: "Manchester Siti" doimgidek yetakchi

So‘nggi 38 turning jadvalida APL mutlaqo o‘zgacha ko‘rinish oladi: "Manchester Siti" doimgidek yetakchi

Baho:
+-1 | -1

"Manchester Siti" "Arsenal"ni chempionlik poygasida quvib o‘tgan, "Nyukasl" esa YECHL uchun pozisiyasini yo‘qotgan? Shunday bo‘lishi mumkinmi? APLning shu kungacha bo‘lgan so‘nggi 38 o‘yinini tahlil qilsak, aynan mana shunaqa holat yuzaga kelmoqda. 2022 yilning yanvaridan to hozirga qadar bo‘lgan natijalar orqali klublarning holatinini aniqlab olish mumkin. Bunda ko‘p narsa ayon bo‘ladi. Xususan, "Manchester Siti" o‘ta kichik farq bilan "Arsenal"dan oldinda tursa, "Liverpul" o‘tgan mavsumning ikkinchi qismidagi fantastik sport formasi bilan jadvalda ancha yuqorilab oladi.

"Nyukasl"ning bu mavsumdagi kuchayishi jamoani bor-yo‘g‘i bir pog‘ona pastga tushishini anglatadi. Ammo "qarg‘alar" "MYU" va "Chelsi"dan so‘nggi 38 tur natijasiga ko‘ra ancha ildamlab ketganligini ko‘rish mumkin. "Everton" va "Lids"da umumiy olganda kichik o‘sish bordir. Ammo "Sautgempton" aynan hozirgi holatida, ya’ni liga pastida qoladi.
"Brentford" va "Brayton" muxlislari esa xursand bo‘lishi kerak. Chunki bu klublarning 38 turdagi natijalarida yaqqol ko‘tarilish sezilib turibdi. Demak, quyida o‘z jamoangizni 1 yil davomida yuzaga keltirgan natijasini bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Eslatma: jadvalda o‘tgan yili APLni tark etgan va bu mavsumdan qo‘shilgan jamoalar o‘rin olmagan. Chunki ular shu vaqt ichida to‘liq 38 ta turda qatnashmagan. Demak, ro‘yxatdan "Norvich Siti", "Uotford", "Byornli", "Fulxem", "Bornmut" va "Nottingem" o‘rin olmaydi.

1. "Manchester Siti" – 85 ochko
2. "Arsenal" – 84 ochko
3. "Liverpul" – 79 ochko
4. "Tottenxem" – 74 ochko (TN: 40)
5. "Nyukasl" – 74 ochko (TN: 26)
6. "MYU" – 63 ochko
7. "Chelsi" – 61 ochko
8. "Brayton" – 57 ochko
9. "Brentford" – 56 ochko
10. "Lester Siti" – 49 ochko
11. "Kristal Pelas" – 48 ochko
12. "Aston Villa" – 47 ochko
13. "Vest Xem" – 38 ochko (TN: -11)
14. "Everton" – 38 ochko (TN: -22)
15. "Vulvz" – 37 ochko
16. "Lids" – 35 ochko
17. "Sautgempton" – 31 ochko.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 17:41, 09.02.2023.
O'qildi: 3030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.