Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Messi va Mbappe ishtirok etmagan o‘yinda «PSJ» «Monako»ga imkoniyatni boy berdi

Messi va Mbappe ishtirok etmagan o‘yinda «PSJ» «Monako»ga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 23-turi doirasida «PSJ» safarda «Monako» bilan to‘qnash kelib, mag‘lubiyatga uchradi.

Mazkur bahsda parijliklar bir qator yetakchilar xizmatidan foydalana olishmadi. Xususan, Kilian Mbappe va Lionel Messi maydonga tushmadi.

"Monako" esa birinchi bo‘lim oxiriga qadar o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi. Golovin 4-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Vissam Ben-Yedder tanaffusgacha 2ta gol urdi. "PSJ" Zair-Emeri tomonidan urilgan bitta gol bilan javob qaytardi.

"Monako" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 47taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "PSJ" hisobida esa 54 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Fransiya chempionati, 23-tur
Monako – PSJ 3:1 (3:1)
Gollar: 1:0 – 4 Golovin, 2:0 – 18 Ben-Yedder, 2:1 – 39 Zair-Emeri, 3:1 – 45 Ben-Yedder.
Monako – Nyubel, Agilyar, Maripan, Disasi, Kayo Enrike, Golovin (Yakobs, 80), Kamara (Matazo, 90), Fofana, Ben-Segir (Minamino, 72), Ben-Yedder (Embolo, 72), Diatta.
PSJ – Donnarumma, Pembele (Hakimiy, 66), Danilu Pereyra (Garbi, 59), Markinyos, Bitshiabu (Ramos, 46), Bernat, Soler, Vitinya (Kimpembe, 80), Zair-Emeri, Neymar, Ekitik (Xusni, 80).
Ogohlantirish: Hakimiy (71).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:00, 11.02.2023.
O'qildi: 1498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик