Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Andijon» bugun ikkita o‘yinda maydonga tushadi. Raqiblar haqida qiziqarli ma’lumotlar

«Andijon» bugun ikkita o‘yinda maydonga tushadi. Raqiblar haqida qiziqarli ma’lumotlar

Baho:
+ | -

“Andijon” Antaliyada davom etayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini mobaynida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Bu safar 12 fevral kuniga ikkita o‘yin rejalashtirilgan. Dastlab mahalliy vaqt bilan soat 11:00 (Toshkent vaqti bilan 13:00) da Rossiyaning “Veles” jamoasiga qarshi bellashuv boshlanadi. Kechki mahal soat 17:00 (Toshkent vaqti bilan 19:00) da Gruziyaning “Samterdia” klubi “Andijon”ning sparring-raqibiga aylanadi.

Raqiblar haqida tanishtiradigan bo‘lsak, dastlabkisi Moskvaning “Veles” jamoasi Rossiya birinchi divizion qatnashchisi sanaladi. 18 ta jamoa orasida 14-o‘rinni egallab turibdi.

Uy o‘yinlarini “Avangard” nomli stadionda o‘tkazadi. O‘z bag‘riga 5500 tomoshabinni sig‘diradi. Bu jamoaga mahalliy mutaxassis Artyom Anatolyevich Kulikov bosh murabbiylik qilyapti. U 31 yanvar kuni 43 yoshini qarshiladi. Bunga qadar Kulikov Rossiyaning boshqa klublari – “Saturn”, “Rotor”, “Krasnodar-2” singari jamoalarida faoliyat ko‘rsatgan.

Muxlislar uchun yana bir ma’lumotni aytib o‘tmoqchimiz, “Veles” klubi sardori tajribali Yevgeniy Makeev. 34 yoshli o‘yinchini zukko ishqibozlarimiz “Spartak”dagi o‘yinlari orqali yaxshi eslab qolishgan bo‘lsa ajab emas. “Qizil-oqlar” safida Yevropa Chempionlar ligasida ham to‘p surgan. Makeev 2021 yili Bekobodning “Metallurg” klubiga taklif qilingan va O‘zbekiston chempionatida ham faoliyat olib borgan. Biroq Makeevning bekobodliklar tarkibidagi ishtiroki uzoqqa cho‘zilmagan. U faqatgina 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1 bor sariq kartochka bilan siylangan. Keyinchalik ortga qaytgan va shundan beri “Veles” sharafini himoya qilib kelmoqda.  

Ushbu klub Antaliyadagi yig‘ini davomida kimlarga qarshi o‘yinlar o‘tkazdi, degan savol tug‘ilishi ham tabiiy. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, “Veles” 4 ta o‘yinda qatnashdi. “Ximki”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. “Volgar”ga xuddi shu hisobda yengildi. O‘zimizning “Bunyodkor” klubi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Veles” 0:1 natijasida mag‘lubiyatga uchradi. Oxirgi o‘yinini Moskvaning boshqa bir jamoasi  - “Chertanovo”ga qarshi o‘tkazib 4:0 hisobida raqibini tor-mor keltirdi.

Jamoaning keyingi raqibi – “Samtredia” klubiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Gruziyaning “Erovnuli” ligasida ishtirokini boshlaydi. Bu xuddi o‘zimizni Superliga kabi. 2022 yilning 11 dekabr kuni pley-offda “Sioni” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, kuchlilar orasiga qaytdi. Ularda bu yilgi chempionat 25 fevralda start oladi. Shu kuni “Andijon”ning bo‘lajak raqibi o‘z uyida “Telavi”ni sinovdan o‘tkazadi. Darvoqe, “Samtredia” raqiblarini “Erosi Mangaladze” nomli stadionda qabul qiladi. Bu 15 ming ishqibozga mo‘ljallangan.

“Samtredia”ni mahalliy mutaxassis Giorgi Shashiashvili boshqarib kelmoqda. 43 yoshli mutaxassis 2022 yilning 1 yanvaridan bosh murabbiy lavozimiga kirishgan. Murabbiylik faoliyati mobaynida Gruziyada “Shukura” hamda “Dila” klublarida ishlagan. Uning “Samtredia” bilan shartnomasi shu yilning 31 dekabrgacha amal qiladi.

Darvoqe, Gruziya futboli yulduzlaridan biri – Kaxa Kaladze katta futbolga aynan “Samtredia” jamoasi orqali kirib kelgan. Ya’ni, u ushbu klub tarbiyalanuvchisi sifatida manbalarda qayd etilgan.

6 fevraldan Antaliyadagi yig‘inga kirishgan “Samtredia” ilk o‘rtoqlik uchrashuvini Toshkentning “Lokomotiv” klubiga qarshi o‘tkazib, o‘z darvozasidan 2 ta gol o‘tkazib yubordi va bunga gruziyaliklar javob qaytara olmadilar. Ko‘rib turganingizdek, ularning ikkinchi nazorat uchrashuvi “Andijon”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:54, 12.02.2023.
O'qildi: 1096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.