Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

APL. «Manchester Siti» 4 ta gol urilgan o‘yinda ishonchli g‘alabaga erishdi

APL. «Manchester Siti» 4 ta gol urilgan o‘yinda ishonchli g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining 23-turida “Manchester Siti” 12 fevral, yakshanba kuni o‘z uyida “Aston Villa”ni qabul qildi.

Uchrashuv debyutida Rodri “shaharliklar”ni oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada Ilkay Gundo‘g‘an oradagi farqni oshirgan bo‘lsa, bo‘lim yakunida Riyod Mahrez penaltini aniq amalga oshirgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

61-daqiqada Olli Uotkins hisobni qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Siti” ochkolarini 48 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa qaytdi. Peshqadam “Arsenal” hisobida 51 ochko mavjud. “Aston Villa” 28 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.

APL, 23-tur bahsi
12 fevral, yakshanba
“Manchester Siti” — “Aston Villa” 3:1
Gollar: 1:0 – 4 Rodri, 2:0 – 39 Gundo‘g‘an, 3:0 – 45+1, penalti Mahrez, 3:1 – 61 Uotkins.
“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diash (Akanji, 46), Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Grilish (Foden, 69), Bernardu Silva, Rodri, Marez (Ake, 85), Holand (Alvares, 46).
“Aston Villa”: Martines, Yang (Kesh, 76), Chembers, Konsa, Din (Moreno, 61), Remzi (Koutinyo, 76), Buendia (Makginn, 61), Kamara, Duglas Luis, Uotkins, Beyli (Duran, 61).
Ogohlantirishlar: Din (37), Ruben Diash (41).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:55, 12.02.2023.
O'qildi: 1937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.