Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Ertadan Chempionlar ligasi pley-off bosqichi start oladi. Boshlanishiga ikki super o‘yin

Ertadan Chempionlar ligasi pley-off bosqichi start oladi. Boshlanishiga ikki super o‘yin

Baho:
+ | -

Ko‘pchilik futbol ishqibozlari Yevropa chempionlar ligasi o‘yinlarini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Nihoyat 14-fevraldan 15-fevralga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da biz kutgan bahslar start oladi. Ilk kundan muxlislarni ikki ajoyib to‘qnashuv kutib turibdi. Quyida aynan o‘sha ikki to‘qnashuv haqida to‘xtalamiz.

“Milan” – “Tottenxem”

Ushbu ikki jamoa o‘rtasidagi bahs narigi juftlikka nisbatan biroz qiziqishi pastdek ko‘rinishi mumkin, lekin bu o‘yin ham muxlislar e’tibridan chetda qolmasligi aniq. “Rossenori” hozirda mazmunli o‘yin namoyish eta olmayapti. Ammo San-Siroga yig‘iladigan muxlislar uchun bu o‘yinda “oyog‘idan kelgan ish”ni bajarishga urinib ko‘radi. “Tottenxem” esa birinchi o‘yinda kerakli natija uchun “tish-tirnog‘i” bilan kurashishi aniq.

Jamoalar tarkibida yetarlicha yo‘qotishlar bor. Italyan klubi Mayk Menyan, Alessandro Florensi, Serjinyo Dest va Zlatan Ibraximovichning yordamidan foydalana olmaydi. Shuningdek, jamoaning asosiy futbolchilari va markazdagi katta kuch Ismail Benneser va himoyachi Fikayo Tomorining maydonga tushishi so‘roq ostida.

“Tottenxem” tarkibida esa aniq 4 futbolchi jarohati sabab maydonga tusha olmaydi. Bular, Rodrigo Bentankur, Iv Bissuma Ugo Llyoris va Rayan Sesenyon. Shuningdek, jamoaning asosiy futbolchilaridan biri Pyer-Emil Xoyberg diskilifikasiya sababli klubga yordam bera olmaydi.

 Jamoalar shu kungacha 4 bor bir-biriga qarshi o‘yin o‘tkazgan. Shulardan 3tasi “Tottenxem” foydasiga yakunlangan. Bir bor jamoalar murosa ko‘chasini tanlaganlar. So‘nggi qarama-qarshilik 2018 yil o‘rtoqlik maqomidagi Xalqaro chempionlar kubogida bo‘lib o‘tgan va o‘sha o‘yinda “Tottenxem” 1-0 hisobida zafar quchgan. Milan klubi londonliklar darvozasiga birorta ham to‘p kirita olmagan. Bu galgi to‘qnashuv 15-fevral soat 01:00da start oladi va o‘yinni shvesariyalik hakam Sandro Sharer boshqarib boradi.

“PSJ” – “Bavariya”

 Bu o‘yin nafaqat pley-off bosqichining, balki butun musobaqaning markaziy bahsi bo‘lishi kutilmoqda. Ikki jamoa ham chempionlik uchun asosiy davogarlar sifatida qaralmoqda. Ammo ularning faqatgina bittasi chorak finalga yo‘l oladi. Galtye boshchiligidagi “PSJ” keyingi bosqichga chiqishi uchun birinchi o‘yinga katta e’tibor qaratadi. Nemislar esa mehondagi o‘yinda maksimal natija qiyd etish haqida o‘ylayotgan bo‘lsa ajab emas. Ammo ikki jamoa ham ushbu o‘yingacha ajoyib formada yetib keldi deya olmaymiz.

Ikki jamoa tarkibida ham yulduz futbolchilar birinchi o‘yinda ishtirok eta olmasligi mumkin. Parijliklar safida Nordi, Mukiele, Renatu Sanshesh va Kilian Mbappening maydonga tushmaslik ehtimoli yuqori. Shuningdek Leonel Messi ham jarohatdan to‘liq tiklanishga ulgurishi noma’lumligicha qolmoqda.

“Bavariya” tarkibida esa Lyuka Ernandes, Nusair Mazrui, Manuel Noyer va Sadio Manening ushbu bahsni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Jamoalar ushbu bahsga qadar 6 bor to‘qnash kelishgan va shularning 4tasida “Bavariya” g‘alaba qozongan. 2 bor pаrijliklarning qo‘li baland kelgan. So‘nggi o‘zaro bahs 2021 yil Chempionlar ligasi yarim finalida bo‘lib o‘tgan. O‘sha o‘yinda nemislar 1-0 hisobida g‘alaba qozongan. Ushbu bahs ham 15-fevral soat 01:00da start oladi va o‘yinni angliyalik mashhur referi Maykl Oliver boshqarib boradi.  

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:37, 13.02.2023.
O'qildi: 5655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.