Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

«Neftchi» Ukraina klubi ustidan zafar quchdi

«Neftchi» Ukraina klubi ustidan zafar quchdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Turkiyada qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgan "Neftchi" jamoasi bugun navbatdagi nazorat o‘yinida Ukraina Primyer-ligasi vakili Luganskning "Zarya" futbol klubiga qarshi maydonga chiqdi.

Bu bahsda yurtdoshlarimiz himoya chizig‘ini mustahkam ushlashga katta e’tibor berdilar. Hujumchilarimiz ham o‘zlariga berilgan ko‘rsatma va topshiriqlarni mohirona bajarishga harakat qildilar. Bellashuvning 18-daqiqasida iqtidorli hujumchi Ulug‘bek Hoshimov burchakdan uzatilgan to‘pni mohirlik bilan raqiblar darvozasiga kiritib, hisobni ochishga erishdi.

Shundan keyin ukrainalik futbolchilar hisobni tenglashtirish va oldinga chiqib olish uchun bosimni kuchaytirdilar. Biroq, "Neftchi" bu bosimni munosib kutib olib, qarshi hujumni avj oldirishga e’tibor qaratdi. Bunday basma-bas kurash uchrashuv oxirigacha qizg‘in davom etgan bo‘lsa ham, hisob o‘zgarmadi. Farg‘onalik futbolchilar hisobdagi kichik ustunlikni saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldilar.

Shu tariqa, "Neftchi" uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlab, o‘ziga va barcha muxlislarga quvonch ulashdi.

Nazorat o‘yini
"Neftchi" - "Zarya" - 1:0
Antaliya, Turkiya. "Trening" stadioni
Gol: Ulug‘bek Hoshimov,18 (1:0)
"Neftchi":  Vladimir Nazarov, Nodir Ne’matxonov (Zoir Jo‘raboyev 64), Aleksey Larin, Andrey Mishenko(Muxsin Ubaydullayev), Diyor Turopov, Mirzoxid G‘ofurov, Umar Adxamzoda,G‘ulom Haydar G‘ulomov, Nurillo To‘htasinov, Ulug‘bek Xoshimov(Sunnatillo Abdullajonov 64), Toma Tabatadze (Murod Bobojonov,64)
Bosh murabbiy: V.G.Levchenko
"Zarya": Saputin, Vantux, Snurnisin, Imerekov, Nagnoyniy, Xaxlyov, Mishnyov, Bulesa, Xlan, Antyux, Pochapskiy.
Ogohlantirishlar: U. Adhamzoda, 61.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 23:20, 13.02.2023.
O'qildi: 1189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.