Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

FIFA “Mash’al”dan transfer taqiqini olib tashladi

FIFA “Mash’al”dan transfer taqiqini olib tashladi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

2022 yilning 11 aprel kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Mash’al” futbol klubi va uning nigeriyalik sobiq futbolchisi Ifeanyi Ifeanyi o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. Unga ko‘ra, “Mash’al” futbol klubi zimmasiga futbolchi oldidagi belgilangan qarzdorlik va jarima to‘lovlarini 45 kun mobaynida to‘lash majburiyati yuklatilgan. Agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilishi haqida ogohlantirish berilgan.

Biroq klub bu borada xabardor etilgan bo‘lsa-da, ushbu nizoli vaziyatni hal etmagan va shu munosabat bilan, FIFA 2022 yil 9 avgustdan e’tiboran “Mash’al” futbol klubiga nisbatan transfer taqiqini belgilagandi.

“Mash’al” kuni kecha nigeriyalik sobiq futbolchisi oldidagi qarzdorlik masalasini hal etdi va FIFAga transfer taqiqini olib tashlash bo‘yicha murojaat yuborildi. 13 fevral kuni futbolchi tomoni to‘lov amalga oshirilganini tasdiqladi va FIFA “Mash’al” futbol klubidan transfer taqiqini olib tashladi.

Kiritildi: 14:11, 14.02.2023.
O'qildi: 1548 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик