Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Kavani safdan chiqdi

Kavani safdan chiqdi

Baho:
+ | -

"Valensiya" markaziy hujumchisi Edinson Kavani jarohat olib, jamoa shifoxonasiga yotqizildi. Bu haqda ispan OAVlari xabar bermoqda. 36 yoshli to‘purar mushaklaridagi muammolar tufayli bir oyga safdan chiqdi. Futbolchi "Atletik"ga qarshi o‘yinda oyog‘ida og‘riqni his qilgan.

Kavani “ko‘rshapalaklar” safiga o‘tgan yilning avgust oyi oxirida kelib qo‘shilgandi. U bilan 2024 yilning o‘rtalariga qadar shartnoma imzolangan.

Edinson joriy mavsumda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

La Liganing 21-turidan keyin “Valensiya” 20 ochko bilan turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 16:47, 14.02.2023.
O'qildi: 979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик