Kirish Ro'yxatdan o'tish

Grinvud mavsum oxirigacha maydonga tushmaydi

Grinvud mavsum oxirigacha maydonga tushmaydi

Baho:
+ | -

Hujumchi Meyson Grinvud "Manchester Yunayted"da bir yildan ortiq o‘ynamadi. Klub 2022 yil boshida zo‘rlashga urinish va zo‘rlash ayblovlari tufayli futbolchini ishdan chetlatdi. Yaqinda Grinvudga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlandi, biroq 21 yoshli futbolchi haligacha "qizil iblislar"ga qaytgani yo‘q. Endi klub o‘z tekshiruvini o‘tkazmoqda.

Daily Star xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted"ning ichki tekshiruvi yaqin orada yakunlanmaydi. Meyson Grinvud 2022/2023 yilgi mavsumda maydonga tushmaydi.

Avvalroq matbuotda "Manchester Yunayted" Meyson Grinvud bilan xayrlashishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.

Kiritildi: 17:21, 14.02.2023.
O'qildi: 2725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик