Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rasman! «Andijon» ukrainalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi

Rasman! «Andijon» ukrainalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Yaqinda «Andijon»ning Antaliyadagi yig‘iniga qo‘shilgan ukrainalik darvozabon Igor Litovka rasman klub a’zosiga aylandi. Mahoratli posbon bilan 2 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

Ukrainalik tajribali darvozabonning oxirgi jamoasi Xorvatiyaning “Zagora” klubi hisoblanadi.

Bizning ma’lumot:
Igor Litovka
Tug‘ilgan sanasi: 05.06.1988
Ampluasi: darvozabon
Bo‘yi: 193
Vazni: 89 kg
Fuqaroligi: Ukraina
To‘p surgan klublari: “Elektrometallurg-NZF AAFU” (Ukraina), “Sevastopol” (Ukraina),  “Tavriya” (Ukraina), “Olimpik” (Ukraina), “Voluntari” (Ruminiya), “Riga” (Latviya), “Desna” (Ukraina), “Zagora” (Xorvatiya).

Tajribali darvozabon “Andijon” a’zosiga aylanganidan keyin o‘zining ilk fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ha, bu yangi jamoa, men uchun yaxshi chaqiriq bo‘ldi. Osiyoda va ayniqsa, Superligada to‘p surish qiziqarli.

Ko‘rinib turibdiki, yaxshi jamoa ekan. “Andijon”ning jiddiy maqsadi bor.

Eshitishimcha, muxlislari zo‘r qo‘llab-quvvatlar ekan. “Andijon” ishqibozlariga tilaklarim, doim bizni qo‘llab turinglar, hammasi yaxshi bo‘ladi”, - dedi Igor Litovka, klub matbuot xizmatiga.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:48, 14.02.2023.
O'qildi: 1241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик